Mavzuga javob berish

Assalomu alaykum yaxshimisiz? Meni turmushim boʻlmaganligi sababli agressiv holatga oʻtib qolganman. Hozirda jiyanim men bilan oʻgʻil bola men uni juda yaxshi koʻraman bazida koʻp qaygʻurganimdan qattiq gapirishim mumkin. U yanvar oyida tugʻilgan oʻjar va qaysarligi bor. Bazida kelisholmay qolamiz ammo vaziyatni tushuntirsangiz katta kishilardek tushunadi. Bolaga agressiya qilishdan avval oʻzimni bosib olish uchun nima qilsam boʻladi? Ichimdagi gʻazab va alamni tashqariga sochib hovurimni bosaman chogʻi ammo bundan mazza qilmayman afsuslanib yuraman. Chunki tashqaridagilar aybdor emas-ku.


Orqaga qaytish
Yuqorida