Ayollar o‘qisinlar va amal qilsinlar

Homiladorlik va tug'ish bo'yicha bepul ta'lim olishni xohlaysizmi? Biz siz uchun 150+ dan ortiq darslarni bepul tayyorladik.
1710680423951.png


1. Eringizga yoqadigan ism va sifatlar bilan murojaat qiling.

2. Eringiz yaxshi ko‘radigan taomlarni shirin kilib pishiring, u uyini sog‘insin.

3. Eringiz uydan chiqayotganida uni kuzatib qo‘ying, kechqurun ishdan qaytayotganida esa ochiq yuz bilan kutib oling.

4. Eringizga go‘zal ko‘rinishga harakat qiling.

5. Eringizga doimo tashakkur aytishni unutmang. Kuchi yetmaydigan ishlarga undamang, boshqalarga shikoyat qilmang.

6. Kamxarj bo‘ling, isrofgar bo‘lmang. Og‘ir damlarda ham eringizga qarshi bosh ko‘tarmang.

7. Eringizning qarindoshlariga va yaqinlariga yaxshi muomalada bo‘ling.

8. Sizdan hamisha muattar hid taralsin.

9. Qaynonangizni tajribali ona sifatida ko‘rib, xurmat qiling. Eringizning sizga nisbatan mehri oshsin.

10. Farzandlaringizni odob~axloqli qilib voyaga yetkazing, boshqalar ham sizni yaxshi inson sifatida tilga olsin.

Ana shu oddiygina ko‘ringan amallarga amal qilsangiz, siz baxt~saodat, tinchlik-xotirjamlik,farovonlikka erishasiz
 
Ushbu saytda joylangan barcha maqolalar faqat tanishtirish maqsadida taqdim etilgan. Ular davolanishning o‘rnini bosa olmaydi va hech qanday davolash tavsiyalarini o‘z ichiga olmaydi. Sog‘lig‘ingiz bilan bog‘liq har qanday muammolar yuzaga kelganda, albatta, shifokoringizga murojaat qilishingiz kerak.
Orqaga qaytish
Yuqorida