Assalomu alaykum. Men 17 yoshdaman. Menda bir holat takrorlanaveradi. Har doim biror ishni boshlayman. Kayfiyatim juda zo'r bo'ladi, oldimga maqsad qo'yib harakat qilaman, atrofimdagilar bilan suhbatlashish, kitob o'qish yoki biror nima bilan band bo'lish men uchun hayotim mazmuniga aylanadi. Ammo biror bir oddiy sabab bilan yoki kimdur meni xafa qilsa hech narsa qilmasdan yotib olaman. O'zim buni istamasam ham. O'zimni shunaqa vaqtda depressiyaga tushgandek his qilaman. Oilam bilan gaplashishni istamayman. Ijtimoiy tarmoqdan yo'q bo'lib qolaman. Hattoki ko'chaga chiqib kimdingdur ko'ziga ko'rinish men uchun imkonsizdek ko'rinadi. Chiqsam ham kepka yoki maska bilan chiqaman. Ovqatlanish, uyqu tartiblarim buzilib ketadi. Men uchun juda muhim bo'lgan maqsadim yoki sevgan ishimni ham qila olishga kuchim qolmaydi. Maktab, o'qishga bormayman. Shunchaki yotib telefonda serail ko'raman yoki uxlayman. Sababi o'ylash men uchun juda og'ir bo'ladi shunaqa payt. Va serail hozirgi hayotimni unuttirgani uchun ham menga yoqadi. Bunaqa tushkun kayfiyat menda 2 yoki 3 hafta davom etayapti hozir. Yaxshi kayfiyat esa 1, 2 balki 3 haftadir. Ammo bir oy emas. O'zidan o'zi energiyam to'lib, o'zimni o'zgartirishni, yana maqsadimga harakat qilishni boshlayman. Hamma bilan chiqishuvchan, quvnoq, hazilkash qizga aylanaman. Sport bilan shug'ullanish, to'g'ri uxlash, ovqatlanishni to'g'ri yo'lga endi qo'ydim desam yana depressiyaga tushib qolaman. Bu holat boshlanganiga 2 yilcha bo'lib qoldi menimcha. Ana o'shandan beri shu vaziyatlar takrorlanib kelayapti. O'zim istamayman, bu safar bunaqa bo'lmaydi deyman, ammo yana o'sha holat...... bu kasallik bipolyar buzilishmi. Bu haqida bugun eshitib qoldim. Balki men adashayotgandirman. Bu holat bipolar buzilish bo'lmasa nima? Javobingiz uchun oldindan tashakkur!