Erkaklar salomatligi haqida maqolalar turkumini davom ettiraman:
Jinsiy muvaffaqiyatsizlikni xavotir bilan kutish sindromi – bu erkak jinsiy aloqadan oldin yoki unga aloqador vaziyatlarda tashvish va asabiylikni his qilganida yuzaga keladi.
Ushbu sindromning paydo bo‘lish sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Erkak jinsiy aloqadan oldin o‘z jinsiy reaktsiyalarini (birinchi navbatda erektsiyasini) va harakatlarini, shuningdek, sherigining xatti-harakatlarini kuzatishni boshlaydi.
Doimiy kuzatish va baholash erkakni yaqinlik va jinsiy faollikdan chalg‘itadi. Erkak yaqinlik vaqtida noxush fikrlar va kutilmagan yomon holatlar haqida o‘ylaydi.
Natijada, erektsiya uchun zarur bo‘lgan o‘z-o‘zidan keladigan va tabiiy bo‘lgan holatlar yo‘qoladi, bu jinsiy qo‘zg‘alishning kuchayishiga olib keladi.
Tashvishli fikrlar va noxushlik kutish stress omillari hisoblanib, erektsiyaning zaiflashishiga olib keladi.
Bu o‘z navbatida yangi muvaffaqiyatsizliklarga va tashvish, stressning yanada kuchayishiga olib keladi.
Tashvish «ishga tushiruvchi mexanizm» bo‘lib, erektil disfunktsiya uning ifodasi hisoblanadi. Majburiy tashvish o‘zini yetarli emas deb his qilish, yaqinlikdan qochish, jinsiy aloqadan qochish, keyinchalik esa jinsiy istakning pasayishi va to‘liq intim munosabatlarning yo‘qolishiga olib keladi.
SOTOSN hayotdan qoniqishni kamaytirishi, munosabatlarda muammolar paydo bo‘lishiga va insonning psixologik holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Muhimi, bu sindrom turli omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin va muammoning yechimiga individual yondashuv talab qiladi.
- Erektil disfunktsiya, uning sabablari.
- Psixogen erektil disfunktsiyani tashxislash.
Jinsiy muvaffaqiyatsizlikni xavotir bilan kutish sindromi – bu erkak jinsiy aloqadan oldin yoki unga aloqador vaziyatlarda tashvish va asabiylikni his qilganida yuzaga keladi.
Ushbu sindromning paydo bo‘lish sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- Psixologik omillar: past o‘z-o‘zini baholash, o‘tgan jinsiy tajribalarning salbiyligi, o‘zini yetarli emas deb hisoblash qo‘rquvi va boshqalar.
- Ijtimoiy omillar: boshqalar tomonidan qoralanish qo‘rquvi, uyat yoki aybdorlik hissi, jinsiy hayotga bo‘lgan salbiy tasavvurlar (stereotiplar va afsonalar), madaniy yoki diniy e'tiqodlar, OAVning ta’siri va boshqalar.
- Jismoniy omillar: qabul qilingan dorilar, charchoq, ish yuklamasi, asteniya holatlari va boshqalar.
- Tajriba yetishmasligi: jinsiy hayot haqida yetarli bilimning yo‘qligi, jinsiy munosabatlardagi tajribasizlik, o‘z ko‘nikmalariga ishonchsizlik, ijobiy tajribaning yetishmasligi va boshqalar.
- Sheriklik muammolari.
SOTOSN qanday paydo bo‘ladi?
Odatda, SOTOSN xavotirli yoki psixastenik fe'l-atvorli erkaklarga xosdir. O‘z imkoniyatlaridan shubhalanish, navbatdagi yaqinlik vaqtida o‘z reaksiyalarini nazorat qilishga olib keladi.Erkak jinsiy aloqadan oldin o‘z jinsiy reaktsiyalarini (birinchi navbatda erektsiyasini) va harakatlarini, shuningdek, sherigining xatti-harakatlarini kuzatishni boshlaydi.