E'tiboringizga jinsiy hayotdagi eng keng tarqalgan xatolarni havola etmoqchiman. Ularni o‘z vaqtida sezib, munosabatlardagi muammolardan qochish mumkin.
1. Tashabbuskor bo‘lmaslik
Ayniqsa, bu xatoni ko‘pincha ayollar qiladilar, ular jinsiy aloqa tashabbuskori erkak bo‘lishi kerak deb o‘ylashadi. Ayol erkakning jinsiy aloqa qilishni taklif qilishini, yangilik kiritishni va o‘zi hammasini qilishini kutadi. Afsuski, bu juda chuqur noto‘g‘ri tushuncha bo‘lib, bu normal jinsiy aloqaga to‘sqinlik qiladi, shuningdek, bu sheriklar o‘rtasida tushunmovchilikka olib kelishi mumkin: erkaklar o‘zlarini xohlanmas deb his qilishlari mumkin.
Nima qilish kerak: tashabbusni ikkala sherik ham ko‘rsatishi kerak, navbatma-navbat bo‘lishi mumkin.
2. Istaklar haqida gaplashmaslik
Bu yerda yana juftlikdagi muloqot muammosi birinchi o‘rinda turadi. Ba'zida, kimdir jinsiy hayotni rang-barang qilishni xohlashi haqida aytishga uyaladi, chunki bu bilan sherikni ranjitishdan qo‘rqadi. Yoki kimdir sherik yoqtirmaydigan narsani doimiy ravishda bajaradi, ammo sherikni ranjitmaslik uchun jim qoladi.
Nima qilish kerak: gapiring! Bu masala faqat muloqot orqali hal qilinadi. Vaqti-vaqti bilan sherigingiz bilan bu masalada nimalar siz uchun ikkovingiz uchun qulay va nimalarni qo‘shishni yoki olib tashlashni xohlayotganingizni muhokama qiling. Jinsiylik doimiy emas, umr davomida o‘zgaradi, qo‘zg‘alish va zavq olish uchun kerak bo‘lgan stimullar ham o‘zgaradi.
3. Bir xillik
Bir xil pozitsiyalar, joylar, aniq bir marosimlar: faqat dushdan keyin, ko‘rpa ostida, uxlashdan oldin yoki dam olish kunlarida va hokazo.
4. Jinsiy aloqa majburiyat sifatida
Ba'zi juftliklar ma'lum davrlarda jinsiy aloqani "bola tug‘ish kerakligi" yoki "kerak bo‘lgani uchun" deb bajonidil qilishadi, lekin bundan zavq olishmaydi. Juda muhim jihat - qoniqarli jinsiy aloqaning odatiy kundalik tashvishlardan voz kechishni va jismoniy his-tuyg‘ularga diqqatni jamlashni talab qilishini esdan chiqarmaslikdir.
5. Yetarlicha old o‘yinlarga vaqt ajratmaslik
Erkaklar ham, ayollar ham jinsiy aloqa haqida faqat friksiyalar (Friksiya – jinsiy aloqada bo‘lganida qayta-qayta harakat qilish) deb o‘ylashlari xato. Ammo insonning jinsiy aloqasi jinsiy organlar bilan manipulyatsiyalar bilan cheklanmaydi, ayollarga ham, erkaklarga ham “qizish” kerak bo‘ladi. (Hech kim sportzalda mashg‘ulotni qizdirishsiz boshlamaydi.)
6. Komplekslar
O‘z tanasidan uyalish, bu esa siqilish, bo‘shashmaslik va natijada ikki sherikning ham zavq olmasligiga olib keladi.
Nima qilish kerak: nima noqulaylik tug‘dirayotganini aniqlang.
7. Orgazmni taqlid qilish
Ayollarning tez-tez uchraydigan xatosi – jinsiy aloqada erkakka "o‘yin ko‘rsatish". Turli sabablarga ko‘ra bu afsuski, jinsiy aloqani qoniqarli qilmaydi, aksincha erkaklarda ayol orgazmi haqida noto‘g‘ri tasavvur hosil qiladi.
Jinsiy hayotning asosi - halollik va ochiqlikdir. Jinsiy aloqada xatolar tajribasiz juftliklarda ham, uzoq yillik turmush qurgan er-xotinlarda ham bo‘lishi mumkin. Muhimi, insonlar buni bir-birlari bilan zavq olish uchun qilayotganini unutmaslikdir. Jinsiy aloqa kundalik hayotdagi odatiy salbiy his-tuyg‘ularni yo‘qotishi, kayfiyatni ko‘tarishi va ertangi sinovlarga bardoshliligini oshirishi mumkin. Bundan tashqari, yaxshi jinsiy aloqa munosabatlar tashqarisidagi vasvasalarga qarshi turish qobiliyatini yaxshilaydi.