Yillar o’tishi bilan juftlikdagi munosabatlar kun sayin takrorlanadigan hodisaga aylanishi mumkin. Mas'uliyatlar, ishlar va tashvishlar bir-biriga ulanib, intim yaqinlik ikkinchi, uchinchi yoki hatto to’rtinchi o’ringa chiqib ketishi mumkin. Natijada, jinsiy yaqinlikning o'sha avvalgi ehtirosli lahzalari unutiladi. Biroq, uzoq muddatli munosabatlardagi jinsiy yaqinlikka boshqa tomondan qarab ko'rishni taklif qilaman.
Ishonch va ochiqlik
Uzoq muddatli munosabatlarda o’z xohishlaringizni, fantaziyalaringizni sherigingizga ochiq aytish osonroq bo’ladi. Eksperiment paytida sizga yoqmagan narsani bemalol to’xtatib, muhim bo’lgan joyini o’zgartirish imkoniga egasiz. Chunki uzoq muddatli munosabatlarda sherigingizning qulayligi va ehtiyojlari juda muhim va ahamiyatli. Ha, ehtiros vaqt o’tishi bilan so’nishi tabiiy. Ammo, agar siz ikkala taraf ham munosabatlarni saqlab qolishga qiziq bo’lsangiz, bu ustida birgalikda ishlashga tayyor bo’lasiz.
Seksual zerikish bilan kurashish
Seksual zerikish bilan kurashishning yo’li har doim ham uchinchi shaxsni munosabatlarga jalb qilish yoki kinki kechalariga borish emas. Bunday usullar hammaga mos kelmasligi mumkin. Ba'zan eng yaxshi usul eski xotiralarni yangilash bo'lishi mumkin: ilk uchrashuvlaringizda qanday hislar bilan uchrashganingiz, qanday tayyorgarlik ko’rganingiz va bir-biringizdan zavq olish haqida qanday o’ylaganingizni eslang.
Bu jarayonda seksni rejalashtirish juda foydali. Bu g’alati tuyulishi mumkin, lekin bu rejalashtirishni noto’g’ri tushunmang. Masalan, siz yaqinlikni soat 19:00 da boshlash va 19:15 da tugatish haqida kelishib olmayapsiz. Balki bir-biringizga vaqt ajratishni, barcha ishlarni bir chetga surishni, ish haqida gaplashishni, ota-onalaringizga qo’ng’iroq qilishni unutishni va bolangizni enaga yoki buvingizga berib, faqat ikkingiz qolishingiz haqida kelishayapsiz.
Maxsus vaqt ajratish
Bu vaqt sizning faqat bir-biringizga ajratilgan vaqt bo’ladi. Ideal holda, telefonlarni o’chirish ham foydali bo’ladi. Shundan so'ng, avvalgidek bir-biringizdan bahramand bo’lishingiz mumkin.
Men "Jinsiy intellekt" kitobidan bir iborani juda yoqtirgan edim: "Seks kutilmaganda sodir bo'lishi - bu mazali ovqat yoki parkda yoqimli sayr o’z-o’zidan sodir bo’lishini kutish bilan barobardir, tayyorgarliksiz va hech qanday e'tiborsiz.” Seksual yaqinlikka boshqacha nazar bilan qarab, yaqinlikni oldindan rejalashtiring va bu vaqtda faqat bir-biringizdan zavq oling.
Biz bir-birimizga qayta-qayta oshiq bo'lib, hatto yillar o’tgach ham yangi, yorqin his-tuyg’ularni boshdan kechirishimiz mumkin!