Erektsiya — erkak jinsiy hayotining eng muhim omillaridan biridir. Hayotda erkaklar bunday muammolarga duch kelishi mumkin, bunga sabablar turli xil bo‘lishi mumkin.
Fiziologik omillar. Salomatlik muammolari, jumladan, urologik sohadagi (masalan, prostatit) yoki yurak-qon tomir kasalliklari. Agar ushbu omil ta'sir ko‘rsatsa, kerakli tahlillarni topshirish va shifokorga murojaat qilish lozim.
Charchoq. Og‘ir ish, doimiy stresslar, surunkali uyqusizlik — bularning barchasi erektsiyaga ta’sir qiladi. Zamonaviy hayot ritmida har tomonlama muvaffaqiyatga erishish qiyin, shu bilan birga jinsiy hayotdan zavq olish ham oson emas. Tana jinsiy faoliyatga kuch topa olmaydi, hattoki divangacha yetib borish qiyin bo‘lib qoladi, jinsiy aloqa haqida gapirish o‘rinlimi? Nima qilish kerak? O‘ziga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, dam olish va sog‘lom uyquni ta'minlash.
Gormonal muammolar. Past testosteron darajasi, yuqori prolaktin va boshqa omillar ham juda muhim ta'sir ko‘rsatadi. Agar muammolar yoki savollar bo‘lsa, tahlil topshirish va endokrinolog yoki andrologga murojaat qilish kerak.
Jinsiy aloqaning uzoq vaqt davomida bo‘lmasligi. Tana buni "unutadi" va qayta tiklanishi uchun vaqt talab etadi.
Pornografiyaning ta’siri. Hozirgi kunda porno faqat bir necha bosish bilan mavjud va juda yorqin, xilma-xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Miyaning bunday jinsiy stimullarga o‘rganishi natijasida real sherik oldida sezuvchanlik susayishi mumkin.
Psixologik muammolar.

- Muvaffaqiyatsiz, travmatik tajriba sezilarli ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Bu yerda jinsiy muvaffaqiyatsizlikni kutish sindromi ham bo‘lishi mumkin, ya'ni oldingi noqulay tajriba qayta sodir bo‘ladi, degan qo‘rquv mavjud bo‘lib, bu vaziyatning yana takrorlanishiga olib keladi.
- Man etuvchi qarashlar. "Jinsiy aloqa yomon va uyatli" kabi oila yoki jamiyat tomonidan kiritilgan qarashlar. Bunday qarashlar erkakning jinsiy hayotini cheklashi mumkin.
- Jinsiy rivojlanish bosqichlaridan o‘tmaganlik. Har bir erkak rivojlanish jarayonida 3 bosqichdan o‘tadi: platonik, erotik va jinsiy. Agar ushbu bosqichlar tugallanmagan bo‘lsa, bu erektsiya bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin.
- Xavfsizlik hisining yo‘qligi. Himoyalanmagan jinsiy aloqa, homiladorlikdan qo‘rquv, sherik tomonidan bosim o‘tkazilishi — bularning barchasi jinsiy qo‘zg‘alishning pasayishiga sabab bo‘ladi.
- Sherigingiz bilan bu holat haqida gaplashing. O‘z tashvish va his-tuyg‘ularingizni aytib bering. Bu hissiy jihatdan qiyin bo‘lishi mumkin, ammo sherikning qo‘llab-quvvatlashi va tushunishi vaziyatni yengishga yordam berishi mumkin.
- Psixolog yoki seksologga murojaat qiling, psixogen xarakterdagi erektsiya muammolarini tahlil qiling va ularni qanday hal qilishni aniqlang.