Assalomu alaykum yaxshimisizlar ahli jamoa. Nomimda 105 mln kreditim bor va buni uydagilar bilmas edi. Oylik toʻlovim 5 mln 700 ming soʻmdan oshadi. Hech qayerda ishlamayman. Yaqinda bank hodimlari mahallaga kelib uyimizga borishibdi oʻgʻlingizning katta qarzi bor toʻlov muddatlari oʻtib ketgan tezroq toʻlasin deb ogʻzaki ogohlantirish berib ketgan. Uydagilarim nima qilishga hayron menga ishonishar edi. 4 yil kontrakt oʻqitdi. Hozir rossiyaga kelganman ishlarim ham oʻxshamayabdi. Bu vaziyatda meng eng toʻgʻri yoʻl oʻlim boʻlib koʻrinayabdi. Ota onamni juda yaxshi koʻraman akalarim opam ukam mening borligʻim. Men jonimga qasd qilsam ota onam ham koʻpga borishmaydi, lekin nima qilishim kerakligini topolmayabman. Kreditimni toʻlasam boʻldi va men uchun yangi hayot boshlanadi. Buning iloji yoʻqdek koʻrinayabdi. Yordam kutadigan qandaydir yoʻlim bormi. Qishloq sharoitida oʻsgan bolaman bu bizning muhit uchun juda katta miqdordagi pul. Menga yordam beringlar qanday yordam boʻlsa ham unutmayman sharoitim juda ogʻir. Menga yordam beringizlar bilaman yaxshi insonlar borligini. Oylik toʻlovi odamni yeb bitirayabdi 49 foizdan