Homiladorlik alomatlari

Homiladorlik va tug'ish bo'yicha bepul ta'lim olishni xohlaysizmi? Biz siz uchun 150+ dan ortiq darslarni bepul tayyorladik.
1710679634315.png


Homiladorlikning belgilari va alomatlari turlicha bo'ladi. Homiladorlikni orzu qilib yashayotgan ayol bu alomatlarni bilib o'zida tezroq his etishni istaydi. Axir homiladorlik bu juda ajoyib, ilohiy bir davrdir. Homiladorlik bir ayolda barcha alomatlar bilan kechsa, boshqa ayol 9 oyni umuman hech narsa sezmay o'tkazishi mumkin. Quyida keltirilgan alomatlar homiladorlikning dastlabki alomatlaridir, lekin ba'zi hollarda boshqa holat yoki kasallik mavjudligidan dalolat berishi ham mumkin. Juda oz miqdordagi qon ajralmalar Ayol tuxumdoni urug'langandan so'ng bachadonga joylashishni boshlaydi. Hayz kelmasligi Bu homiladorlik alomatlaridan eng ishonarlisi bo'lib, bunda hayz o'z vaqtida boshlanmay 9 oy muddatga umuman yo'q bo'lishi mumkin.

Homiladorlik (lot. graviditas.) - ayol organizmining maxsus holati bo'lib, uning reproduktiv a'zolarida rivojlanayotgan embrion yoki homila mavjudligidir. Homiladorlik bachadon nayida ayol va erkak jinsiy hujayralarining birlashishi natijasida sodir bo'ladi, natijada 46 xromosomani o'z ichiga olgan zigota shakllanadi. Biroq, hozirgi davrda akusherlik amaliyotida ultratovush diagnostikasining (UTT) keng joriy etilishi munosabati bilan ginekologiya va akusherlik darsliklarida qayd qilib o'tilgan homiladorlik alomatlari o'z ahamiyatini yo'qotib bormoqda. Homiladorlik boshlanganligini bildiruvchi belgilarini aniqlash Sut bezlarining kattalashishi, og'iz sutining (lot. colostrum gravidarum) kelishi; Qin va bachadon bo'yni shilliq qavatining ko'kimtirligi (sianoz); Bachadon shakli, hajmi va konsistentsiyasining o'zgarishi (ichki akusherlik tekshiruvlari bilan); Gestatsiyaning 5-6 haftasidan boshlab bachadonning o'sishi, avval orqa-oldi tomoni, so'ng ko'ndalangiga.
 
Ushbu saytda joylangan barcha maqolalar faqat tanishtirish maqsadida taqdim etilgan. Ular davolanishning o‘rnini bosa olmaydi va hech qanday davolash tavsiyalarini o‘z ichiga olmaydi. Sog‘lig‘ingiz bilan bog‘liq har qanday muammolar yuzaga kelganda, albatta, shifokoringizga murojaat qilishingiz kerak.
Orqaga qaytish
Yuqorida